Qaysi tomonga qarab uxlash inson salomatligi uchun qanchalik muhim?
Homilador, qon bosimi yuqori bo‘lgan va bel og‘rig‘idan aziyat chekadigan insonlarga beriladigan asosiy tavsiyalar
To‘g‘ri tomonga qarab uxlash inson tanasini turli kasalliklardan asraydi. Ko‘pgina insonlar yon tomonlarga qarab uxlashni odat qilishgan va bu tibbiyot mutaxassislari tomonidan ham tavsiya etilgan. Turli holatlarda uxlash insonning salomatlik holatlariga qarab belgilanishi va tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilishi mumkin.
Homilador insonlarga qorin bilan, ya’ni chalqanchasiga uxlash tavsiya etilmaydi. Chalqanchasiga uxlash tomirlarda oqayotgan qonning tizimli aylanishiga to‘sqinlik qiladi, chunki insonning asosiy qon tomirlari, ya’ni aorta va vena tomirlar qorin bo‘shlig‘ining orqa tomonida joylashgan. Homila yetarlicha kattalashib qolgandan so‘ng bu qon aylanish tizimiga juda katta nojo‘ya ta’sir o‘tkazadi.
Chalqanchasiga doimiy uxlash insonda obstruktiv uyqu apneasini keltirib chiqaradi? Xo‘sh, obstruktiv uyqu apneasi nima o‘zi?
Apnea uyqu paytida insonning 10 soniyadan ortiq vaqt davomida nafas olmay turishidir, agar bu holat 1 soat ichida o‘rtacha 5 marta sodir bo‘lsa, inson tanasi yetarli kislorod bilan ta’minlanmaydi va uyqu davomida qon bosimi oshib ketadi. Bu davr tibbiyot tilida gipopneya deb ataladi.
Agar insonda bo‘yin, bel og‘rig‘i kabi muammolar bo‘lsa, bu toifa insonlarga orqa tomon bilan, tepaga qarab, iloji bo‘lsa yostiqsiz uxlash tavsiya etiladi.
Nima uchun insonlar asosan chap tomonga qarab uxlashni ma’qul ko‘rishadi? Chap tomonga qarab uxlashning asosiy sababi bu oshqozonga tushgan yuk bilan bog‘liq. Oshqozon shaklan juda kichik, qolaversa asimmetrik shaklga ega. Oshqozonga boradigan oziq-ovqatlar va suyuqliklar o‘ng tomondan qizilo‘ngach orqali o‘tadi. Agar ovqatlangandan so‘ng darhol uyquga yotsangiz va o‘ng tomonga qarab uxlasangiz, bu ovqat hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni oshqozon kislotasi oziq-ovqatni hazm qilish bilan birgalikda oshqozondan boshlab ko‘krak qafasidagi qo‘zg‘alishni keltirib chiqaradi, kislota ta’siri tomoqqacha ko‘tarilib, ko‘krak qafasi qizishiga sabab bo‘ladi. Bu holatning doimiy davom etishi gastro-ozofagel reflyuks kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.
Insonlarning o‘ng tomonga qarab uxlash ustuvorligi sabablari ham bisyor.
Chap tomonga qarab uxlash oshqozonga bo‘lgan yukni keskin kamaytiradi va bu hazm qilish jarayoniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo chap tomonga qarab uxlash yurak ish faoliyati hamda pozitsiyasiga ham ta’sir o‘tkazadi. Yurak ko‘krak qafasi markazidan biroz chap tomonda joylashgan, shuningdek, ko‘krak qafasining markazida mediastin deb nomlangan biriktiruvchi to‘qima tuzilmasi mavjud. Nega insonlar o‘ng tomonga qarab uxlashni joiz topishadi, chunki aynan shu holatda mediastin birikmasi yurakni joyida ushlab turadi va yurak, qon-tomir tizimi faoliyatini tizimli ishlashiga yordam beradi. Olimlar tadqiqotlariga ko‘ra, insonlarning o‘ng tomonga qarab uxlashi uyqu davomida miyadan “glimfatik”, ya’ni keraksiz o‘y-xayollarni chiqarib tashlaydi, bu esa miyaning va ko‘pgina tana a’zolarining uyqu davrida miriqib dam olishiga yordam beradi.
Sleep Foundation agentligiga ko‘ra, agar inson uyqu davomida turli noqulayliklar va og‘riqni boshdan kechirsa, boshqa uyqu holatini sinab ko‘rish tavsiya etiladi.