Quyoshda qolgan plastik suv idishlari saratonga olib kelishi mumkin
Quyoshda qolgan 6 turdagi plastik suv idishlari Jinan universitetining “Guangdong” laboratoriyasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ularning barchasidan ultrabinafsha nurlanishi va issiqlik taʼsirida chiqadigan alkan, alken, spirt, algegid, kislota va kanserogenlar kabi zararli kimyoviy moddalar topilgan.
Tadqiqotda ultrabinafsha va quyosh nurlanishida chiqariladigan moddalarning turlari va zararlari chuqur oʻrganilgan. Laboratoriyaning yetakchi tadqiqotchisi Doktor Xuase Ounning ta’kidlashicha,
Bunday idishlardan tez-tez foydalanish xavfli o‘smalarga olib keladi
deydi.
Tadqiqotchilar ichimlik suv xavfsizligini kafolatlash uchun saqlash sharoitlarini jiddiy nazoratga olish va inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan materiallar ustida ishlash kerakligini tavsiya qilyapti.