“SSKA” Fayzullaevning Olimpiadada ishtirokiga qarshi emas

SSKA yangi bosh murabbiysi Marko Nikolich Abbosbek Fayzullayevning olimpiadada ishtirok etishi haqida fikri:

Abbosbek Fayzullayev 3 kun avvalgi xabarlarga ko‘ra “SSKA” klubi mashg‘ulotlariga qo‘shildi va yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi birinchi o‘yinini o‘tkazdi. Jamoa o‘yini g‘alaba bilan yakunladi.

SSKA yangi bosh murabbiysi Fayzullaevning Olimpiadada ishtirok etishi haqida ham fikr bildirgan.
“Olimpiya o‘yinlari hayotida bir marta bo‘lishi mumkin. Ikki hafta vaqtimiz bor, o‘zini qanday his qilishiga qaraymiz. Ammo bu hayotda bir marta bo‘lishi mumkin bo‘lsa, qanday qilib insonni to‘xtatib qolish mumkin” dedi  “SSKA” bosh murabbiyi Marko Nikolich Match TVda.

Ma’lumot o‘rnida Fayzullaev aprel oyida O‘zbekiston U-23 jamoasida Osiyo kubogi uchun bahs olib borgan va SSKA da 2 o‘yin o‘tkazib yuborgan.