Tanishing, Kazimiya Hatim – 2024-yilning eng yoshi ulug‘ haj ziyoratchisi

0

104 yoshli Kazimiya Hatim haqidagi o‘ziga xos yangiliklar bilan tanishing

Kazimiya Hatim – 2024-yilgi Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan eng yoshi ulug‘ ziyoratchi, deb e’lon qildi Islamic information portali. Asli iroqlik 104 yoshli ayol joriy yilning 25-may sanasida Madina Shahridagi shahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroportiga yetib kelganida saudiyaliklar tomonidan katta shov-shuv va o‘ziga xos ehtirom ila kutib olingan.

Kazimiya Hatim Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v masjidiga tashrif buyurish maqsadida Madina shahridan Makka shahriga al-Haramayn poyezdida safar qilgan, yo‘lda unga iroqlik agent Ali Abd al-Rida Hazim hamrohlik qilgan.

Agent Ali Abd al-Rida Hazimning so‘zlariga ko‘ra, Hatim xonim yil avvalidayoq 2024-yilgi mavsum uchun Haj ziyoratiga qo‘shilishga ahd qilgan, uning bu maqsadi Iroq davlati Haj missiyasi vakillari va keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Kazimiya Hatimning sog‘ligi yaxshi, shu o‘rinda doimiy ravishda mutaxassislar nazoratida turadi.

Kazimiya xonim Haj ziyoratiga kelganidan bag‘oyatda xursand ekanligini bildirgan, shuningdek, yuqori darajada xizmat ko‘rsatish va samimiy munosabat uchun alohida tashakkurini izhor etgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *