Tashkilotlar “больничный” summasini nimaning hisobidan to‘laydi?
Har bir tashkilot, u davlatniki bo‘ladimi, yoki hususiy bo‘ladimi, xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda, taqdim etilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan xodimga nafaqa to‘lashi shart.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to‘lamagan rahbarlarga BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha ma’muriy jarima qo‘llanilishi mumkin (MJtKning 49-3-moddasi).
E’tibor bersangiz, aksariyat hususiy yoki nodavlat tashkilotlar “bolnichnыy” to‘lovlarini to‘lash uchun mablag‘ni qayerdan olamiz deb norozi bo‘lishadi.
Byudjet tashkilotlarida muamamo yo‘q, ular bu to‘lovlarni mehnat haqi jamg‘armasiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari hisobidan to‘laydi.
Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jumladan, xususiy tashkilotlar esa “больничный” to‘lovlari foyda solig‘ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
Bu Adliya vazirligidan 1136-son bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan.