Joriy yilning 8-iyundan 9-iyunga o’tar kechasi 23:13 dan boshlab Telegram messenjerida global uzilishlar kuzatilmoqda.

Ookla kompaniyasining down.detector platformasiga ko’ra, butun dunyo bo’ylab Telegram messenjerida serverlarga ulanish bilan bog’liq uzilishlar qayd etilgan. Messenjerning 51 ta davlatdagi 1000 dan ortiq foydalanuvchilar turli forum va saytlarda telegramdagi uzilishlardan shikoyat qilishgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, uzilishlaar kuzatilayotgan davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari ham bor.

Hozirda holat yuzasidan Telegram asoschisi Pavel Durov yoki Telegram messenjiri rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali munosabat bildirmagan.