Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Qirg‘izistondan so‘ng O‘zbekistonga uchib kelgani aytilmoqda. Bu haqda “Repost” xabar bermoqda

Xabarda aytilishicha, Durovni Toshkentdagi fitnes klublardan birida ko‘rishgan.

Shuningdek, Qirg‘izistonda ham Pavel bilan birga yurgan bloger Guseyn Gasanov Toshkentdan storis qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Qirg‘izstonga borgan. Pavel Durovning o‘zi yozgi ta’tilini Markaziy Osiyoda o‘tkazishini ma’lum qilgandi. U bu yerdagi aholining “raqamli ehtiyojlarini o‘rganishi”ni aytgan.

“Telegram bosh direktori sifatida men ta’til olmayman. Buning o‘rniga men ishlashda davom etaman, foydalanuvchilarimiz bilan g‘ayrioddiy joylarda uchrashaman. Bu yozda men Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, u yerda hayot qanday kechayotgani, odamlar Telegram’dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qildim. Shu kanalda o‘rganishlarim natijasi bilan bo‘lishib boraman”, deb yozgan u o‘z Telegram kanalida.