Toshkentda zamonaviy metro poyezdlari soni yana ko‘paydi
Bugun Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.
Ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, “Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishi”da harakatga chiqariladi.-deya xabar bermoqda “Toshkent metropoliteni” DUK
Ma’lumot o‘rnida “O‘zbekiston–2030” strategiyasining barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida Toshkent jamoat transporti tizimini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgandi. Unda Toshkent metropoliteni uchun 11 ta yangi metro poyezdini (41 ta vagon) xarid qilish belgilangan.