Unga oʻgʻlining vafoti haqida aytishmagan

{"remix_data":[],"remix_entry_point":"challenges","source_tags":["local"],"origin":"unknown","total_draw_time":0,"total_draw_actions":0,"layers_used":0,"brushes_used":0,"photos_added":0,"total_editor_actions":{},"tools_used":{"addons":1},"is_sticker":false,"edited_since_last_sticker_save":true,"containsFTESticker":false}

Futbol qiroli hisoblanmish Pele ( asl ismi Edson Arantis du Nasimentu)ning onasi 101 yoshda vafot etdi. Afsonaning oʻzi esa 2021-yilning 29-dekabr kuni ogʻir saraton kasalligi tufayli 82 yoshida olamdan oʻtgan edi. Biroq, onasining katta yoshi va ogʻir kasalligi tufayli, unga oʻgʻlining oʻlimi aytilmagan.

“U Pelening vafoti haqida bilmas edi. Har safar Pelening ismini tilga olsam, uning haqiga duo qilishimiz kerak desam, ko‘zlarini ochar edi. Ammo, aslida, onam aniq nimani nazarda tutayotganimni tushunmasdi”, deydi Pelening singlisi Mariya Lusiya do Nasimento.

Ma’lumot uchun, Pele Braziliya terma jamoasi va Santos klubi lideri hisoblangan. U rekord darajada 4 karra jahon chempionligini qoʻlga kiritib, qirol nomiga sazovor boʻlgan.