Viktor Orbanning korteji Germaniyada avtohalokatga uchradi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning korteji Germaniyada avtohalokatga uchragani ma’lum bo‘ldi. To‘qnashuvda politsiyachi halok bo‘lgan.
Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Viktor Orban Germaniyaga futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining Shotlandiya-Vengriya o‘yinini tomosha qilish uchun borgan. Shtutgart aeroporti tomon ketayotganida Orbanning kortejini qo‘riqlab borayotgan politsiyachilarning ikki motosikli 69 yoshli kampir boshqaruvidagi avtomobil bilan to‘qnashgan. Ikki politsiyachi jarohatlangan va ulardan biri keyinroq shifoxonada vafot etgan.