Windows foydalanuvchilarining ma’lumotlari o‘g‘irlanishi mumkin(mi?)!
Microsoft bosh direktori internet foydalanuvchilari g‘azabini keltiruvchi bayonot berdi. Uning aytishicha, Windows 11dan boshlab barcha harakatlaringiz Recall funksiyasi orqali yozib olinadi. Dastur doimiy ravishda skrinshotlar oladi va ularni hatto internetsiz ham saqlaydi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu yangilikni qizg‘in muhokama qilmoqda. Foydalanuvchilarning ayrimlari bu qo‘shimcha barcha yozishmalar, fayllar va boshqa ma’lumotlar noto‘g‘ri qo’llarga tushishi mumkinligidan havotirda, qolganlar esa buni shunchaki “mo‘jizaviy” deb ta’riflashdi. Albatta, mijozlar ma’lumotlari xavfsizligi borasida direktor doimgidek Microsoft ishonchli bo‘lib qolishini ta’kidladi. Elon Mask buni “Qora oyna” seriali uchun yangi syujet, deb atamoqda.
Direktor nima uchun Windows dasturini tanlash kerakligi haqidagi savolga shunday javob bergan: “Kelajakda sun’iy intellekt bilan Windows mukammal texnologiya bo‘la oladi”
Shuni ham aytish lozimki, bu tizim Apple kompaniyasining “Vaqt mashinasi”ga juda o’xshash.