Xalqaro jinoiy sudi Benyamin Netanyahu va Yoav Gallantni hibsga olish orderi berilishi uchun ariza topshirdi
Xalqaro jinoiy sudi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu va Yoav Gallantni “jang usuli sifatida, tinch aholini ochlikdan o‘ldirish, qasddan katta azob-uqubatlarga, tanaga og‘ir shikast yetkazishga yoki sababsiz jinoiy javobgarlikka tortganliklari uchun hibsga olish orderi berilishi uchun ariza topshirdi.
“Bugun tasdiqlashim mumkinki, Xalqaro jinoiy sudi tomonidan to‘plangan va tekshirilgan dalillar asosida, Isroil Bosh vaziri Benjamin Netanyahu va Mudofaa vaziri Yoav Galant 2023-yilning kamida 8 oktyabridan boshlab Falastin hududida quyidagi xalqaro jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka loyiq ekanligini aniqladi. Bu jinoyatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Fuqarolarni ochlikka mahkum qilish orqali urush usuli sifatida foydalanish;
- Qasddan katta azob-uqubat yetkazish, tanaga yoki sog‘liqqa jiddiy shikast yetkazish yoki shafqatsiz muomala qilish;
- Qasddan odam o‘ldirish yoki qotillik;
- Tinch aholini nishonga olish kabilardir.
Shuningdek, ularga nisbatan insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida qirg‘in va qotillik, ta’qib qilish, hamda boshqa g‘ayriinsoniy harakatlarni sodir etganlik da’volari mavjud” deydi video murojaatida Karim Xon Xalqaro Jinoyat Sudi Prokurori.