Xitoy hukumati benzinli avtomobilni elektromobilga almashtirgan fuqarolarga 1380 dollardan to’laydi
Benzinli avtomobilni elektromobilga almashtirishga oid rag’batlantirish sxemasi yil oxirigacha mavjud bo’ladi.
Bu tashabbus mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan — so’nggi uch oy ichida Nio, Xpeng va Li Auto yirik kompaniyalarning savdosi 10 foizga kamaygan.
Everbright Securities may oyida o’tkazgan tadqiqoti Xitoyning avtomobil sanoatida elektrlashtirish sur’ati tezlashgani ko’rsatganligi sababli, subsidiya 2024 yilda “EV” sotuvini 2 million donaga oshirishi mumkinligini aytdi.
Shuningdek Xitoyning 2009-yilda birinchi marta joriy etilgan “EV” xaridorlari uchun subsidiyalari 2014-yilda 100 000 yuanga yetib, savdo hajmini to‘rt barobarga oshirgan edi.